21 Yanvar 2026 115

“Uzbekistan Aquatics” federatsiyasining hisobot konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Bugun “Uzbekistan Aquatics” federatsiyasining navbatdagi hisobot konferensiyasi oʻtkazildi. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi binosida tashkil etilgan tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda federatsiya rahbariyati, shuningdek, terma jamoa aʼzolari ishtirok etdi.

Yigʻilishda 2025-yilda suv sporti turlari boʻyicha erishilgan natijalar tahlil qilinib, joriy yil uchun rejalar batafsil koʻrib chiqildi. Konferensiya davomida Shuningdek, onlayn formatda ishtirok etgan hududiy vakillar oʻz mintaqalaridagi holat, mavjud infratuzilma, sportchi va murabbiylar tarkibi yuzasidan atroflicha axborot taqdim etdilar.

Shuningdek, kun tartibidagi asosiy masala 24-yanvar kuni oʻtkaziladigan Butunjahon suzish federatsiyasi (World Aquatics) Ijroiya byurosi yigʻilishini yuqori darajada oʻtkazishga puxta tayyorgarlik koʻrish boʻldi. Ushbu yoʻnalishda barcha tashkiliy va texnik masalalar atroflicha muhokama qilinib, masʼul shaxslarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilish davomida 2025-yil xalqaro musobaqalarda yuqori natija qayd etgan Kasaba uyushmalari federatsiyasiga aʼzo sportchilar taqdirlanishdi.

Text to speech