23 Mart 2026
30
Ulugʻbek Rashitovni tabriklaymiz!
Bugun taekvondo WT boʻyicha ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni, yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi, jahon chempionati bronza medali sovrindori, “El-yurt hurmati” ordeni va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Ulugʻbek Rashitov tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimizni tugʻilgan kuni bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.