5 Mart 2026 246

Yosh xokkeychilarimiz jahon chempionatida uchinchi gʻalabaga erishishdi

Gonkongda davom etayotgan xokkey boʻyicha U18 jahon chempionatining III divizion “A” guruhi bellashuvlarida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi navbatdagi gʻalabani qoʻlga kiritdi. Jamoamiz bugun musobaqadagi asosiy raqiblardan biri Turkiya bilan kuch sinashdi. Qoʻshimcha boʻlimgacha davom etgan oʻyinda hamyurtlarimiz 7:6 hisobida zafar quchib, peshqadamlikni yanada mustahkamlashdi.

Text to speech