29 Avgust 2022 1716

Toshkentga yana bir dzyudo yulduzi keladi

Dzyudo: Toshkentda oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etadigan Chexiya jamoasining tarkibi maʼlum. Chexlar yurtimizga 9 nafar sportchi (6 erkak va 3 ayol) bilan tashrif buyuradi. Garchi bu mamlakat toʻliq tarkibda TOP darajadagi sportchilarga ega boʻlmasa ham, ogʻir vazn toifalarida 2 karra Olimpiada gʻolibi (Rio-2016 va Tokio-2020), 2 karra jahon chempioni (2014, 2019) Lukash Krpalekni roʻyxatdan oʻtkazgan. Jahon dzyudosining yana bir afsonasini Toshkentda kutib qolamiz.

Text to speech