29 Avgust 2022
1653
Baydarka va kanoechilarimiz Vengriyaga yo’l olishdi
31-avgust – 4-sentyabr kunlari Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha U18 va U23 yosh toifalari boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Bugun musobaqada ishtirok etadigan jamoamiz Vengriya safariga yoʻl oldi.
Tarkibga jami 14 nafar sportchi (U18 dasturlarida 5, U23 toifasida 9) va 3 murabbiy jalb qilingan. Reglamentga koʻra, dastlabki 2 kun saralash bahslari oʻtkazilsa, soʻnggi 3 kun davomida turli yoʻnalishlarda gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.